locale OZ

Jonatan Devid “Lill”ni tark etishini e'lon qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jonatan Devid “Lill”ni tark etishini e'lon qildi
Photo: Getty Images

“Lill” hujumchisi Jonatan Devid mavsum yakunida erkin agent sifatida klubni tark etishini ma'lum qildi. Devid o‘z qarorini ijtimoiy tarmoqlarda chop etilgan bayonotida e'lon qildi.

Insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Devidga “Napoli”dan taklif bor, biroq hozircha kelishuvga erishilmagan.

Devid 2020 yil yozida “Gent”dan “Lill”ga o‘tgan va 2020/21 yilgi mavsumda klub bilan Fransiya chempioniga aylangan.

Joriy mavsumda kanadalik futbolchi Liga 1ning 31 ta uchrashuvida 16 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting