locale OZ

Jon Terri o'z davrida Messi va Ronaldu darajasida o'ynagan futbolchi nomini aytdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jon Terri o'z davrida Messi va Ronaldu darajasida o'ynagan futbolchi nomini aytdi
FOTO: Getty Images

“Chelsi”ning afsonaviy futbolchisi Jon Terri Eden Azarning London klubidagi yuqori saviyali o'yinlari haqida gapirdi.

“Azar “Chelsi”ning eng iqtidorli futbolchisi edi. U maydonda o'ziga xos sehr ko'rsatardi va Messi hamda Ronaldu bilan bir saviyada edi”, - deydi Terri.

Eslatib o'tamiz, Azar 2023-yilda 32 yoshida professional futbolchilik faoliyatini yakunlagandi. U “Royal Stade Brenois”, “Tubize”, “Lill”, “Chelsi” va “Real Madrid” kabi jamoalarda o'ynagan.

Belgiyalik hujumchi eng ko'p o'yinlarini “Chelsi” libosida o'tkazgan - 352 ta. Londonliklar bilan birga u ikki marta Angliya chempioni, ikki marta Yevropa Ligasi va bir martadan Angliya Kubogi va Liga Kubogida g'olib chiqqan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting