Joau Feliks faoliyatini qayerda davom ettirishi mumkinligi ma'lum bo'ldi
FOTO: Football Italia
Ijara asosida “Milan”da to'p surayotgan “Chelsi” hujumchisi Joau Feliksga “Galatasaroy” va Saudiyaning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “Milan” rahbariyati portugaliyalik futbolchini sotib olish fikridan voz kechgan. Shu sabab, Feliks yozda yana “Chelsi”ga qaytadi.
Uning londonliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2031-yilga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali Joau Feliksni 25 million yevroga baholamoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist