locale OZ

Joan Garsiya mashgʻulotlarga qaytdi

«Barselona» posboni sentyabr oyi oxirida safdan chiqqandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Joan Garsiya mashgʻulotlarga qaytdi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning «Barselona» klubi darvozaboni Joan Garsiya jarohatidan sogʻayib, umumiy guruh mashgʻulotlariga qaytdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, murabbiylar shtabi futbolchining sogʻligʻini xavf ostiga qo'ymoqchi emas. Shu sababli Garsiyaning rasmiy oʻyinlarga qaytishi milliy jamoalar oʻyinlari uchun ajratilgan xalqaro tanaffusdan keyingi davrga rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, ispaniyalik posbon sentyabr oyi oxirida chap tizzasidan jarohat olgandi.

Maʼlumot uchun, Garsiya joriy mavsum barcha turnirlarda 7 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 25 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting