locale OZ

Jiru \"Lill\" bilan shartnoma imzolaydi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jiru "Lill" bilan shartnoma imzolaydi
Photo: Getty Images

"Los-Anjeles" hujumchisi Olive Jiru Fransiya chempionatida faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi.

Foot Mercato xabariga ko‘ra, 38 yoshli forvard “Los-Anjeles” bilan o‘zaro kelishuv asosida hamkorlikni yakunlashga kelishib olishdi.

29 iyun kuni Jiru amaldagi jamoasi safida so‘nggi uchrashuvini o‘tkazadi va so‘ngra Fransiyaga yangi klubi bilan shartnoma imzolash uchun yo‘l oladi.

Jiru "Los-Anjeles"da 2024 yilning yozidan beri o‘ynamoqda. U jamoa safida 37 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urgan va 3 ta golga assistentlik qilgan.

Fransiyalik futbolchi bunga qadar "Milan", "Chelsi", "Arsenal", "Monpelye", "Tur" va "Grenobl" klublarida ham to‘p surgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting