Jeydon Sancho “Manchester Yunayted”ga qaytdi
FOTO: Getty Images
Londonning “Chelsi” klubi matbuot xizmati vinger Jeydon Sancho ijara muddati tugab, “Manchester Yunayted”ga qaytishini e'lon qildi.
“Biz barchamiz Jeydonga qilgan sa'y-harakatlari uchun minnatdorlik bildiramiz va kelajakda unga muvaffaqiyatlar tilaymiz”, - deyiladi klub bayonotida.
Eslatib o'tamiz, 25 yoshli futbolchi 2024-yilning 31-avgust kuni ijara asosida londonliklar safiga qo'shilgandi. U o'tgan mavsum “Chelsi” safida 42 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Sanchoning “Manchester Yunayted” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yozida yakuniga yetadi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 28 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist