Jeremi Doku joriy mavsum bu ishni uddalagan APL'dagi ilk futbolchiga aylandi
FOTO: Getty Images
“Manchester Siti” vingeri Jeremi Doku Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida 100 ta muvaffaqiyatli driblingni amalga oshirgan birinchi futbolchiga aylandi. Bu haqda TNT Sports nashri xabar bermoqda.
Ma'lumot uchun, belgiyalik futbolchi 2023-yilning avgust oyidan buyon “shaharliklar” safida o'ynab kelmoqda. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 77 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Dokuning “Manchester Siti” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Uning Transfermarkt'dagi narxi 55 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist