«Jenoa» Vieirani iste'foga chiqardi
U o'tgan yilning noyabridan beri “Genoa”ni boshqarib kelayotgan edi.
ФОТО: Getty images
Fransiyalik mutaxassis Patrik Vieyra Genuyaning "Jenoa" klubi bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Hozirda klub yangi bosh murabbiy izlash ishlarini olib bormoqda. Biroq yakuniy qarorga kelinmagan.
Ma'lumot uchun, Patrik Vieyra o'tgan yilning noyabridan beri “Jenoa”ni boshqarib kelayotgan edi.
Genuya jamoasi Italiya chempionatining 9 turidan atigi 3 ochko to'pladi va turnir jadvalida so'nggi o'rinda bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist