Jeko EKLda gol urgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi
39 yoshida turnirda gol urgan eng yoshi katta o'yinchi sifatida tarixga kirdi.
Фото: UEFA
“Fiorentina” hujumchisi Edin Jeko Yevropa Konferensiyalar ligasida gol urgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi.
Bosniyalik futbolchi 2-turdan o‘rin olgan “Rapid”ga qarshi bahsda jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.
39 yoshida turnirda gol urgan eng yoshi katta o'yinchi sifatida tarixga kirdi.
Jeko joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 10 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi.
Hujumchi faoliyati davomida “Wolfsburg”, “Manchester City”, “Roma”, “Inter” va “Fenerbahçe” kabi jamoalarda ham harakat qilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist