locale OZ

JCh U-17: Bugun O‘zbekiston Irlandiyaga qarshi o‘ynaydi

Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:45 da boshlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCh U-17: Bugun O‘zbekiston Irlandiyaga qarshi o‘ynaydi
Фото: ЎФА

Bugun, 8 noyabr kuni Qatarning Doha shahrida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida Islom Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi J guruhi doirasidagi ikkinchi uchrashuvini o‘tkazadi.

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi guruhdagi ikkinchi o‘yinni Irlandiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:45 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi guruhdagi ilk turda Paragvayga qarshi bahs olib borib 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Ma'lumot o‘rnida, O‘zbekiston guruhdagi so‘nggi o‘yinni 11 noyabr kuni Panama terma jamoasiga qarshi o‘tkaziladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting