locale OZ

JCH-2026. Marokash kichik hisobda Shotlandiyani yangdi

Ushbu bellashuvni o'zbekistonlik hakamlar boshqarib borishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCH-2026. Marokash kichik hisobda Shotlandiyani yangdi
photo: gettyimages
Jahon chempionati (JCH-2026)
19.06.2026, Yak.
Shotlandiya
0
Marokash
1

Jahon chempionatining 2-turida Marokash milliy jamoasi Shotlandiyaga qarshi bellashdi. Ushbu bellashuvni o'zbekistonlik hakamlar boshqarib borishdi.

S guruhining ilk bahsida afrikaliklar minimal hisobda g‘alaba qozondi, - 1:0. Yagona gol 2-daqiqada Ismoil Saybari hisobiga yozildi. Ushbu gol hozircha musobaqani eng tezkor goli sifatida rekord o'rnatdi.

«Bavariya»ga o‘tishi deyarli aniq bo‘lgan futbolchi birinchi turda ham Braziliya darvozasiga yo‘l topgandi.

Shu tariqa, Marokash ikki o‘yindan so‘ng 4 ochko bilan guruhda peshqadamga aylandi. Shotlandiya hisobida 3 ochko bor.

JCH-2026. 2-tur
Shotlandiya – Marokash 0:1
Gol:
Saybari 2
Shotlandiya – Gann, Henli, Hendri, Robertson, Tirni (Douk, 60), Patterson (Ralston, 89), Maktominay, Fergyuson, Makginn (Styuart, 89), Kristi (Maklin, 71), Adams (Dayks, 71).
Marokash – Bunu, Hakimi, Diop, Riad, Mazraui, Al Aynaviy (Al Murabet, 89), Buaddi, Unai, El Hannus (Talbi, 84), Saybari (Rahimi, 84), Dias (Amaymuni, 84).
Ogohlantirishlar: Robertson 65 – Diop 23

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting