locale OZ

JCH-2026. Ismael Saybari turnirning eng tezkor golini urdi

Bungacha JCH-2026dagi eng erta gol 6-daqiqada urilgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCH-2026.  Ismael Saybari turnirning eng tezkor golini urdi
photo: gettyimages
Jahon chempionati (JCH-2026)
19.06.2026, Yak.
Shotlandiya
0
Marokash
1

Marokash terma jamoasi hujumchisi Ismael Saybari JCH-2026da hozirgacha qayd etilgan eng tezkor gol muallifiga aylandi.

"S" guruhi 2-turidan o‘rin olgan Shotlandiya — Marokash uchrashuvining 2-daqiqasida Saybari raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Uchrashuv AQSHning Foksboro shahridagi «Jillett» stadionida bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu gol turnirdagi eng tezkor gol sifatida qayd etildi. Bungacha JCH-2026dagi eng erta gol 6-daqiqada urilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, birinchi turda Shotlandiya Gaitini 1:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Marokash Braziliya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan.

Guruh bosqichining so‘nggi turida shotlandlar Braziliyaga qarshi maydonga tushadi, Marokash esa Gaiti bilan bahs olib boradi. Har ikki uchrashuv 25 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting