locale OZ

JCH-2026. Fransiya — Iroq o‘yini momaqaldiroq tufayli bekor qilinishi mumkin — L’Équipe

O‘yin vaqtida havo harorati +33°C gacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCH-2026. Fransiya — Iroq o‘yini momaqaldiroq tufayli bekor qilinishi mumkin — L’Équipe
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
22.06.2026, Yak.
Fransiya
3
Iroq
0

2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan Fransiya va Iroq terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin (23 iyun) momaqaldiroq sababli o‘tkazilmasligi mumkin.

O‘yin Filadelfiyadagi «Lincoln Financial Field» stadionida bo‘lib o‘tishi kerak. Bu haqda L’Équipe xabar bermoqda.

O‘yin vaqtida havo harorati +33°C gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Shuningdek, vaqti-vaqti bilan momaqaldiroq va yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

2025 yil yozida AQShda o‘tkazilgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati vaqtida «Chelsi» va «Benfika» o‘rtasidagi 1/8 final o‘yini momaqaldiroq sababli yuzaga kelgan tahminan ikki soatlik tanaffus tufayli umumiy hisobda to‘rt soatu 38 daqiqa davom etgandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting