locale OZ

Fransiya — Iroq: o‘yin nomaʼlum muddatga qoldirilgani stadionda eʼlon qilindi

Ob-havo sabab o‘yin davom ettirilmayapti.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fransiya — Iroq: o‘yin nomaʼlum muddatga qoldirilgani stadionda eʼlon qilindi
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
22.06.2026, Yak.
Fransiya
3
Iroq
0

Fransiya va Iroq terma jamoalari o‘rtasida jahon chempionatining I guruhi 2-turi doirasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuv Filadelfiyadagi (AQSH) «Lincoln Financial Field» stadionida o‘tkazilmoqda. Ayni paytda hisob – 1:0, fransuzlar foydasiga.

Avvalroq ikkinchi bo‘limning boshlanishi avvaliga 15 daqiqaga, keyin esa bir soatga qoldirilgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, birinchi bo‘lim oxiriga kelib kuchli yomg‘ir yog‘a boshlagan edi. Uchrashuv tanaffusida momaqaldiroq xavfi eʼlon qilindi, shu sababli shtat qoidalariga muvofiq o‘yinchilarning maydonga qaytishi qoldirildi.

Birinchi bo‘limda yagona golni fransiyalik hujumchi Kylian Mbappe kiritdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting