locale OZ

Italiya terma jamoasi sobiq ustozini «Al-Ittihod» boshqarishi mumkin

Muzokaralar boshlangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Italiya terma jamoasi sobiq ustozini «Al-Ittihod» boshqarishi mumkin
ФОТО: Getty images

Italiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Luchano Spalletti faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "Al-Ittihod" italiyalik mutaxassisni iste'foga chiqarilgan Loran Blanning o‘rniga bosh murabbiy sifatida ko‘rmoqda. Tomonlar muzokaralarga kirishgan.

Spallettidan tashqari, bo‘sh turgan murabbiylik lavozimiga "Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi Xavi va "Milan" tomonidan iste'foga chiqarilgan portugaliyalik Serjiu Konsesau ham nomzod sifatida ko‘rib chiqilmoqda.

Tez orada Jidda klubining yangi bosh murabbiyi ma'lum bo‘ladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting