locale OZ

Ispaniya Kubogi. «Barselona» safarda «Gvadalaraxara» ustidan ishonchli gʻalabaga erishdi

Kataloniyaliklar joriy mavsumda ushbu turnirdagi ilk oʻyinini oʻtkazdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ispaniya Kubogi. «Barselona» safarda «Gvadalaraxara» ustidan ishonchli gʻalabaga erishdi
FOTO: Getty Images
Ispaniya kubogi
16.12.2025, Yak.
Guadalajara
0
Barselona
2

16 dekabrdan 17 dekabrga o‘tar kechasi Ispaniya Kubogi 1/16 final bosqichi doirasida «Gvadalaxara» va «Barselona» o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ispaniyaning uchinchi divizionida ishtirok etuvchi jamoaga qarshi bahsda kataloniyaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi hisob 76-daqiqada ochildi. Niderlandiyalik yarimhimoyachi Frenki de Yongning uzatmasidan so‘ng daniyalik himoyachi Andreas Kristensen «Barselona»ni oldinga olib chiqdi. 90-daqiqada esa Markus Rashford Lamin Yamalning pasidan unumli foydalanib, mehmonlar ustunligini mustahkamladi.

«Ko‘k-anorranglilar» uchun bu Ispaniya Kubogining joriy mavsumidagi ilk uchrashuv bo‘ldi. «Gvadalaxara» esa musobaqani birinchi bosqichdan boshlagan bo‘lib, dastlab «Kaseranyo»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Ikkinchi raundda esa uchinchi liga vakili «Seuta» ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting