locale OZ

Islombek Ismoilov: \"Neftchi\"dagi ishimg O‘zbekiston U-17 terma jamoasidagi faoliyatimga halal bermaydi\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Islombek Ismoilov: "Neftchi"dagi ishimg O‘zbekiston U-17 terma jamoasidagi faoliyatimga halal bermaydi"
FOTO: UzbekistanFA

Bugun Farg‘onaning "Neftchi" klubi Islombek Ismoilovning U-21 jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida xabar berdi. Sports24.uz sayti Ismoilov bilan kichik intervyu tashkil qildi.

- "Neftchi"dan taklif qachon bo‘ldi. Sir bo‘lmasa aynan kim tomonidan taklif tushdi?

- Bundan 3 kun avval "Neftchi" U-21 jamoasiga Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov tomonidan taklif bo‘ldi. Bu insonning oxirgi yillarda Farg‘ona futboliga berayotgan e’tiborlari va futbolga bo‘lgan qarashlari hamda "Neftchi" bu mamlakatimizning nufuzli jamoalaridan biri bo‘lganligi tufayli taklifga rozi bo‘ldim.

- "Neftchi" U-21 jamoasi ayni paytda musobaqa jadvalida 12-pog‘onada bormoqda. Jamoani yuqori o‘rinlarga olib chiqishga qanchalik ishonasiz?

- Albatta, hozirgi holatda jamoa yoshlari ko‘rsatayotgan natijalar qoniqarsiz. Jamoada rasmiy ravishda 2-davraga ish boshlayman, 1-davra yakunigacha jamoani hozirgi murabbiylari boshqarib turishadi. Tanaffus paytida imkon qadar tarkibni iqtidorli yoshlar bilan to‘ldirishga harakat qilamiz. Yoshlar jamoasi hozirgi holatidan yuqoriga ko‘tarilishi uchun qattiq mehnat va tartibli hamda tizimli ishni yo‘lga qo‘yish talab qilinadi. Buning uchun bor kuchim bilan harakat qilaman.

- Bugungi tayinlovdan so‘ng, ko‘plab muxlislar O‘zbekiston U-17 terma jamoasidagi faoliyatingizdan havotirda…

- Bu to‘g‘risida klub rahbariyati bilan kelishganmiz va hozirgi holatda men ko‘proq O‘zbekiston U-17 terma jamoasiga e’tibor qarataman. Ya’ni ikkala ishimg bir-biriga halal qilmaydi. Muxlislar xotirjam bo‘laverganlari ma’qul. "Neftchi" rahbariyati ham buni qo‘llab-quvvatlaganligi uchun shartnomaga imzo qo‘ydim.

Farhod Fayziyev
Farhod Fayziyev
Ekspert
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting