locale OZ

Rasman! Islom Ismoilov “Neftchi” klubida ish boshladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman! Islom Ismoilov “Neftchi” klubida ish boshladi
FOTO: UzbekistanFA

O'zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov Farg'onaning “Neftchi” klubida ish boshladi. Bu haqda jurnalist Bekzod Tolipov xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Ismoilov “Neftchi” U-21 bosh murabbiyi etib tayinlangan. Jarayon shaxsan viloyat bo'limi Xayrullo Bozorovning taklifiga ko'ra amalga oshgan.

Qayd etilishicha, yosh mutaxassis parallel tarzda O'zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ham faoliyat olib boradi.

Eslatib o'tamiz, Islombek Ismoilov boshchiligidagi U-17 terma jamoamiz Saudiya Arabistoni mezbonlik qilgan Osiyo Kubogida bosh sovrinni, shuningdek, joriy yilning noyabr oyida bo'lib o'tadigan o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatiga yo'llanmani ham qo'lga kiritgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting