Islom Ismoilov: «Raqibimiz oʻz qitʼasining kuchli jamoalaridan biri. Oson oʻyin boʻlmaydi»
Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Paragvayga qarshi oʻyin oldidan oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
FOTO: Getty Images
O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov Jahon chempionati doirasidagi ilk uchrashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Futbolchilar Jahon chempionatiga yuz foiz tayyor. Ertangi raqibimiz o‘z qit’asining kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Oson o‘yin bo‘lmaydi», — dedi Ismoilov.
O‘zbekiston U-17 terma jamoasi turnir doirasidagi ilk uchrashuvni 5 noyabr kuni Paragvayga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da «Espayr» akademiyasi 1-maydonida start oladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist