locale OZ

Islom Ismoilov: \"Raqibga kuch tomondan ham, tezlik tomondan ham imkoniyat qoldirmadik\"

Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Islom Ismoilov: "Raqibga kuch tomondan ham, tezlik tomondan ham imkoniyat qoldirmadik"
Photo: UFA

Xorijda yig'in o'tkazish orqali Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston U17 terma jamoasi Chili U17 terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, 0:1 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvdan keyin terma jamoamiz bosh murabbiyi Islom Ismoilov UFA rasmiy sahifalariga o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

“Jamoamiz birinchi marotaba Lotin Amerikasi terma jamoasiga qarshi o'yin olib bordi. Albatta jismonan hamda texnik tomonlama kuchli bo'lgan jamoalarga qarshi o'ynash doim qiyinchilik tug'dirgan. Shunga qaramasdan bugun futbolchilarimiz maydonda aytilgan ko'rsatmalarni to'liq bajara olishdi. Jamoa kuch tomondan ham, tezlik tomondan ham raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Lekin, afsuski bir nechta futbolchilarimiz jarohat oldi. Jahon chempionati tayyorgarligi yo'lida Chiliga qarshi o'ynashimizning sababi guruhimizda Lotin Amerikasi jamoasi bor. Shuning uchun ham biz bu raqibni tanladik. O'yin uslubi bir-biriga yaqin bo'lganligi bois, Chili orqali raqibimizga qarshi tayyorgarlik ko'ramiz”,-deydi Ismoilov

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting