«Inter»ning Lukman bo‘yicha ilk taklifi rad etildi
Photo: Getty Images
"Inter" Ademola Lukman bo‘yicha ilk taklifini yubordi. Bu haqda Sky Sport Italia xabar berdi.
Manbadagi ma’lumotlarga ko‘ra, Milan klubi "Atalanta"ga hujumchini 40 million yevroga sotib olishga tayyorligini bildirgan.
Biroq Bergamo klubiga bu taklif ma’qul kelmagan.
"Inter" futbolchi bilan kelishib bo‘lgan va shu sababli u uchun ko‘proq to‘lashni istamayapti.
“Atalanta” o‘z futbolchisini sotishga rozi. Faqat klub Lukman transferidan kamida 55-60 million yevro ishlab olmoqchi.
O‘tgan mavsum 27 yoshli forvard A Seriyada 31 o‘yinda qatnashib, 15 gol va 5 assist qayd etdi.
Bahrom Bobonov
Redaktor