«Inter» yozda uch nafar futbolchisini transferga qo'yadi
Milanliklar bu transferlardan taxminan 90 million yevro ishlab topishni ko'zlamoqda.
ФОТО: Getty images
“Inter” yozgi transfer oynasida yarim himoyachilar — David Frattesi, Aleksandar Stankovich va Luis Enrikeni sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Corriere dello Sport xabar berdi.
Milanliklar bu transferlardan taxminan 90 million yevro ishlab topishni ko'zlamoqda.
Manbaga ko'ra, eng ehtimoliy ketish — Frattesi bilan bog'liq. Klub uni taxminan 30 million yevroga baholamoqda. Luis Enrike ham xuddi shunday summaga sotilishi mumkin. Qishda “Bornmut” bu futbolchi uchun shunday taklif bergan, ammo o'sha paytda “neradzurri” uni jamoada qoldirishga qaror qilgan.
Umuman olganda, “Inter”ning yozgi transfer byudjeti 135–140 million yevro atrofida bo'lishi kutilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist