\"Inter\" uchun chempionlar ligasining yarim finali qanday qiymatga ega? Barchasi pullar haqida
Chempionlar ligasi klubning nufuzi va budjeti uchun muhim ustun hisoblanadi. "Inter" ham bundan mustasno emas va klub hozirgacha allaqachon 100 million yevrodan ziyod mablag'ni o'ziniki qilib bo'ldi. Bular stadion daromadlarini hisobga olmaganda, UEFAdagi natijalar, do'kon foydalari va tarixiy reytinglarni o'z ichiga oladi.
San Siro bugun 10 million yevro daromad bilan liq to'la bo'lishiga shubha yo'q va katta ehtimol bilan "Barselona" bilan mayda bo'lib o'tadigan bahsda ham stadion to'lishi kafolatlanadi.

"Inter"- "Bavariya" to'qnashuvidan kim keyingi bosqichga yo'l olsa UEFAdan qo'shimcha 15 million yevro bonus oladi. Uning 3 million yevrosi "Nerazzurri" tomonidan klubning bosh murabbiyi Simyone Inzagi uchun berilishi va'da qilingan.

Agar "Inter" chempionlar ligasining g'olibiga aylansa UEFA bonuslari, stadion daromadlari, reytinglar bilan birgalikda jami 140 million yevro miqdorida bonuslarga ega bo'lishi mumkin. Aslida UEFA finalchilarga 18.5 million yevrodan va chempionga qo'shimcha 6.5 million yevro to'laydi. Keyinroq Yevropa super kubogida yuta olsa qo'shimcha 4 million yevroni o'ziniki qiladi.

Keyin Iyun oyida ilk marta o'tkaziladigan klublar o'rtasidagi Jahon chempionati bahslarida qatnashadi. Ushbu turnir qiymati bir milliyard dollar, yani to'qqiz yuz o'ttiz million yevro atrofida hisoblanadi. Besh yuz yigirma besh million dollar musobaqa qatnashchilariga taqsimlanadi. Chempion esa tahminan bir yuz o'n olti million yevro miqdoridagi pullarga ega bo'ladi.

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda "Inter" bugungi uchrashuv uchun jiddiy e'tibor qaratishi va g'alaba qozonishi ehtimoli kattaroq