locale OZ

«Inter» sport direktori Dumfrisning «Real»ga o‘tganini tasdiqladi

Dumfris “Inter”ga 2021 yilning yozida o‘tgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Inter” sport direktori Dumfrisning “Real”ga o‘tganini tasdiqladi
ФОТО: Getty images

“Inter” sport direktori Piero Auzilio o‘ng qanot himoyachisi Denzel Dumfris Madridning “Real” klubiga o‘tganini ma’lum qildi.

“Dumfris ‘Real’ga o‘tdi. Unga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman. Bu yillar davomida u ‘Inter’ uchun qancha mehnat qilganini yaxshi bilaman. ‘Neradzurrilar’ uning qalbida, balki bir kun kelib yo‘llarimiz yana tutashar”, — deya Auzilioning so‘zlarini keltiradi jurnalist Nikolo Skira o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Avvalroq “Qirolicha klubi” prezidenti Florentino Peres niderlandiyalik himoyachining transferi bo‘yicha kelishuv rasmiylashtirilganini bildirgan edi.

Dumfris “Inter”ga 2021 yilning yozida o‘tgan. Shu davr mobaynida futbolchi barcha musobaqalarda 207 ta o‘yinda maydonga tushib, 27 ta gol va 28 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting