\"Inter\" Nkunkuni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Photo: Getty Images
"Inter" klubi "Chelsi" hujumchisi Kristofer Nkunkuni kuzatib bormoqda. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marzio xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, londonliklarning 27 yoshli a'zosi "qora-ko‘klar"ning hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biriga aylangan.
Nkunku uchun “Arsenal” jamoasi ham qiziqish bildirgandi. Biroq futbolchi kelajagi borasida hali bir qarorga kelgani yo‘q.
Nkunku o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 47 o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist