locale OZ

«Inter» Nkunkuni ijaraga olish bo‘yicha «Chelsi» bilan bog‘landi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Inter Nkunkuni ijaraga olish bo‘yicha Chelsi bilan bog‘landi
Photo: Getty Images

"Inter" "Chelsi" hujumchisi Kristofer Nkunkuni sotib olish yo‘llarini izlamoqda. Bu haqda Football Italia xabar berdi.

Qayd etilishicha, klub futbolchini sotib olish sharti bilan bir yilga ijaraga olmoqchi. Biroq London klubi hujumchini shu yilning o‘zida sotib yuborishni maqsad qilgan.

Kristofer Nkunku bilan "Inter"dan tashqari "Bavariya" va "RB Leyptsig" ham qiziqish bildirmoqda.

"Chelsi" o‘z hujumchisining transferidan taxminan 50 million yevrodan ko‘proq pul ishlab olmoqchi.

Fransiyalik futbolchi APLning o‘tgan mavsumida "Chelsi" tarkibida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 2 ta gollik uzatmaga mualliflik qilgan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting