«Inter» Mxitaryan bilan muzokara o'tkazmoqda
Yaqin kunlarda tomonlar o'rtasidagi yangi kelishuv rasmiy imzolanadi.
ФОТО: Getty images
"Inter" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan klub bilan shartnomasini 2027 yil yozigacha uzaytirishga rozilik berdi.
Yaqin kunlarda tomonlar o'rtasidagi yangi kelishuv rasmiy imzolanadi.
Avvalroq Mxitaryan kelasi yoz faoliyatini yakunlash variantini istisno etmagani haqida xabar berilgandi.
Yarim himoyachi joriy mavsumda barcha turnirlarda jami 39 ta o'yin o'tkazib, o'z hisobiga 4 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
"Inter" 2025/26 yilgi mavsumda Skudetto va Italiya Kubogini qo'lga kiritib, "oltin dubl" qayd etdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist