locale OZ

«Inter» Mark Gehini o‘z safiga qo'shib olmoqchi

Angliyalik himoyachining «Kristal Pelas» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Inter» Mark Gehini o‘z safiga qo'shib olmoqchi
FOTO: Getty Images

«Inter» «Kristal Pelas» markaziy himoyachisi, Angliya milliy jamoasi aʼzosi Mark Gehiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Get French Football News nashri xabar bermoqda.

Maʼlumki, «Inter» erkin agentlar bilan shartnoma tuzish boʻyicha faol klublardan biri hisoblanadi va endi ular diqqat eʼtiborini Gehiga qaratgan.

Futbolchining oʻzi ham milanliklarning qiziqishiga ochiq, biroq u hozircha kelajagi borasida yakuniy qaror chiqarmagan va Italiyaga koʻchib oʻtishni ustuvor maqsad sifatida belgilamagan.

Maʼlumot uchun, Mark Gehining «Kristal Pelas» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga yetadi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 45 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting