«Inter» Manchinini o’z safiga qo’shib olmoqchi
“Inter” “Roma” himoyachisi Janluka Manchinini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Sky Sport Italia xabar bermoqda.
Ayni paytda italiyalik futbolchining o‘z klubi bilan olib borayotgan muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. Agar yaqin haftalarda vaziyat o‘zgarmasa, “Inter” futbolchi bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqishga tayyor bo‘ladi.
Shuningdek, Milan klubi “Udineze” himoyachisi Umar Soleni kuzatishda davom etmoqda. Klub rahbariyati va bosh murabbiyi Kristian Kivuning fikricha, har ikki futbolchi ham kelasi mavsum oldidan himoyani kuchaytirish uchun ideal variant bo‘la oladi.
Manchining “Roma” bilan shartnomasi 2027-yil iyun oyiga qadar amal qiladi. 2025/2026-yilgi mavsumda u A Seriyada 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.