locale OZ

«Inter» Lautaro Martinesning transfer narxini oshirdi

Transfermarkt portali argentinalik hujumchining bozor qiymatini 85 million yevroga baholagan.
Inter Lautaro Martinesning transfer narxini oshirdi
ФОТО: Getty images

Inter klubi o‘z sardori Lautaro Martines bo‘yicha transfer talablarini qayta ko‘rib chiqdi.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, klub rahbariyati endi 28 yoshli argentinalik hujumchi uchun kamida 120 million yevro talab qilishni rejalashtirmoqda.

Manbaga ko‘ra, bunday qarorga Lautaroning 2026 yilgi Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli o‘yini sabab bo‘lgan. Forvard Argentina terma jamoasining finalga chiqishiga katta hissa qo‘shdi. U chorak finalda Shveytsariya va yarim finalda Angliyaga qarshi bahslarda zaxiradan maydonga tushib, har ikki uchrashuvda ham gol urdi.

So‘nggi vaqtlarda Lautaro Martinesga Barselona qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Transfermarkt portali argentinalik hujumchining bozor qiymatini 85 million yevroga baholagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting