locale OZ

«Inter» Kristian Kivu bilan shartnomasini uzaytiradi

Qayd etilishicha, yangi shartnoma 2028 yil yozigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Inter» Kivu bilan shartnomasini uzaytiradi
ФОТО: Getty images

“Inter” klubi bosh murabbiy Kristian Kivu bilan shartnomani uzaytirishga yaqin. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, mutaxassis klub bilan yangi uzoq muddatli bitim imzolaydi. Rasmiy e’lon may oyining oxirigacha berilishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, yangi shartnoma 2028 yil yozigacha amal qiladi. Shuningdek, kelishuvda 2029 yilgacha uzaytirish imkoni ham nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, ruminiyalik mutaxassis joriy mavsum arafasida “Inter”ni qabul qilib olgan va ilk yilning o‘zidayoq jamoa bilan mamlakat chempionligi hamda Kubogini qo‘lga kiritdi.

Kivu futbolchilik faoliyati davomida ham “Inter” sharafini himoya qilgan. Murabbiy sifatida u klubning barcha yoshlar jamoalarida ishlagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting