«Inter» «Juventus»ni ortda qoldirdi
"Neradzurrilar" so‘nggi besh yilda mamlakat kubogini uchinchi bor qo‘lga kiritdi.
ФОТО: Getty images
“Inter” klubi 2025/2026 yilgi Italiya kubogi finalida “Latsio”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Shu tariqa “neradzurrilar” so‘nggi besh yilda mamlakat kubogini uchinchi bor qo‘lga kiritdi.
Bundan avval “Inter” 2021/2022 va 2022/2023 mavsumlarida ham ushbu musobaqada g‘olib chiqqan edi.
Shuningdek, milanliklar XXI asrda Italiya kubogini yettinchi marta yutib, bu borada eng yaxshi natijani qayd etdi. Klub XXI asrda uchinchi bor “oltin dubl”ga erishdi — bunga qadar “neradzurrilar” 2005/2006 va 2009/2010 mavsumlarida ham ikki musobaqada zafar quchgan.
Diqqatga sazovori, klub XXI asrdagi Italiya Kubogi g‘alabalari soni bo‘yicha “Juventus”ni ortda qoldirdi. Turin klubi hisobida oltita chempionlik mavjud.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist