«Inter» Jonsga qiziqish bildirmoqda
Liverpul yarim himoyachisi Kertis Jons Interning e'tiborini tortdi.
Insayder Fabritsio Romanoning X ijtimoiy tarmog'ida xabar berishicha, italiyaliklar qishki transfer bozori davomida jamoaning asosiy nishoni bo'lgan futbolchi transferi ustida ishlashni davom ettirmoqda.
Manbaga ko'ra, muzokaralar davom etmoqda. Xabar qilinishicha, Inter hamon Jonsni yarim himoyachi pozitsiyasiga asosiy nomzod sifatida ko'rib chiqmoqda. Angliyalik futbolchining o'zi ham bu o'tishga ochiq. Taklif qilingan 20 million yevro miqdoridagi summa yetarli bo'lmagani uchun kelishuvga hali erishilmagan, biroq bitim amalga oshishi mumkin.
Kertis Jons Liverpul tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 25 yoshli futbolchi mersisaydliklar klubining asosiy jamoasida 2020 yildan buyon to'p surib kelmoqda.