«Inter» Jon Stounz transferini e'lon qildi
Milan klubi angliyalik 32 yoshli futbolchi bilan 2028 yil 30 iyuniga qadar bitim tuzdi.
photo: Inter Milan
«Inter» klubi markaziy himoyachi Jon Stounz bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi.
Milan klubi angliyalik 32 yoshli futbolchi bilan 2028 yil 30 iyuniga qadar bitim tuzdi. Stounz Italiya grandi safiga erkin agent sifatida qo‘shildi.
Eslatib o‘tamiz, Jon ushbu yozda «Manchester Siti»ni tark etdi. Stounz 2016 yil yozidan buyon «shaharliklar» sharafini himoya qilib kelgan edi. Bu vaq davomida u klub safida barcha turnirlarda jami 295 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol va 9 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Angliya klubi tarkibida u olti marta Premer-liga chempioni bo‘ldi, Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi, shuningdek, uch marta Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor