locale OZ

«Inter» Italiya Kubogini 10-marta qo‘lga kiritdi

Mamlakatda bundan ko‘proq sovringa ega bo‘lgan faqat bir klub bor.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Inter» Italiya Kubogini 10-marta qo‘lga kiritdi
ФОТО: Getty images

Milanlik “Inter” jamoasi Italiya Kubogi 2025/2026 mavsumi finalida rimlik “Latsio”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Shu tariqa “nerradzurrilar” milliy kubokni 10-marta qo‘lga kiritdi va bu turnir tarixidagi ikkinchi eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Ta’kidlash joizki, ushbu musobaqadagi g‘olibliklar soni bo‘yicha rekord Turinning “Yuventus” klubiga tegishli bo‘lib, uning hisobida 15 ta titul mavjud.

Avvalroq “Inter” ushbu sovrinni 1938/1939, 1977/1978, 1981/1982, 2004/2005, 2005/2006, 2009/2010, 2010/2011, 2021/2022 va 2022/2023 mavsumlarida qo‘lga kiritgan.

Joriy Kubok Italiyaning 1/2 finalida milanlik “Inter” “Komo”ni umumiy hisobda 3:2 bilan yenggan bo‘lsa, rimlik “Latsio” Bergamoning “Atalanta” jamoasini penaltilar seriyasida (3:3, 2:1) mag‘lub etgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting