«Inter” Gonzalez borasida «Yuventus» bilan muzokaraga kirishdi
Photo: Getty Images
“Yuventus” vingeri Nikolas Gonsales Milanning “Inter” klubiga o'tishi mumkin, deb xabar bermoqda jurnalist va insayder Janluka Di Marzio.
Manbaga ko'ra, 27 yoshli futbolchi “byankonerilar” rahbariyatining yangi mavsum uchun rejalari doirasiga mos kelmaydi, shu sabab turinliklar takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Futbolchi allaqachon “Inter”ning short-listidan joy olgan va tomonlar muzokaralarni boshlab yuborgan. Argentinalik futbolchining o‘zi ham jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas.
Transfermarkt portali futbolchining narxini 24 mln yevroga baholamoqda, uning “Yuventus” bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.
Bahrom Bobonov
Redaktor