locale OZ

Immobile \"Besiktosh\" bilan shartnomani bekor qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Immobile "Besiktosh" bilan shartnomani bekor qildi
Photo: Getty Images

Hujumchi Ciro Immobile "Besiktosh"dan ketdi.

"Klub va Ciro Immobile o‘rtasidagi shartnoma bekor qilindi.

Klubimiz libosida qilgan mehnatlari uchun futbolchiga minnatdorchilik bildiramiz va uning kelajagiga omad tilab qolamiz", - deyiladi klub bayonotida.

Qayd etilishicha, tomonlar kelishuvni o‘zaro rozilik asosida bekor qilgan. Buning uchun klub futbolchiga 2 625 000 yevro kompensatsiya puli to‘laydi.

Italiyalik futbolchi o‘tgan yozda 3 mln yevro evaziga "Latsio"dan "Besiktosh"ga o‘tgandi. O‘tgan mavsumda u 41 o‘yinda qatnashib, 19 gol urdi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting