locale OZ

Ilkay Gyundogan faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ilkay Gyundogan faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

Turkiyaning “Galatasaroy” klubi “Manchester Siti” yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda jurnalist Yag'iz Sabunchuo'g'lu xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, nemis futbolchisi ham faoliyatini turk grandida davom ettirishga qarshi emas. Shuningdek, Gyundoganga “Galatasaroy”dan tashqari Saudiya klublaridan biridan ham rasmiy taklif tushgan.

Eslatib o'tamiz, Gyundogan 2016-yildan buyon “Manchester Siti” safida to'p surmoqda. Biroq 2023/2014-yilgi mavsumni ijara asosida “Barselona”da o'tkazdi.

O'tgan mavsum germaniyalik futbolchi jami 50 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 5 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting