Husanov zaxirada qoldi, “Manchester Siti” esa KCHMdan chiqib ketdi
Abduqodir Husanov Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/8 finalida ham zaxiradan maydonga tushirilmadi. Angliya chempioni bo‘lgan “Manchester Siti” esa Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasiga qarshi o‘yinda 4:3 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, musobaqani tark etdi.
Asosiy vaqt 2:2 hisobida yakunlandi. Qo‘shimcha daqiqalarda “Al-Hilol” ustunlikni qo‘lga kiritdi va g‘alabani ta’minladi. Ushbu bahsda Pep Gvardiola asosiy himoyachilaridan biri bo‘lishi mumkin bo‘lgan Husanovga yana imkoniyat bermadi, garchi ilk taymdayoq Gvardiola va Nunyesh sariq kartochkalar olgan bo‘lsalar ham.
Abduqodir hozirgacha musobaqada faqat bir o‘yinda — jamoa 6:0 hisobida g‘alaba qozongan bellashuvda ishtirok etdi. Bu holat, tabiiyki, savollar uyg‘otmoqda.
Gvardiola o‘yinchilarning charchoq holatidan shikoyat qilgan bo‘lsa-da, tarkibda rotatsiyani amalga oshirmadi, ayniqsa himoya chizig‘ida.
Abduqodir Husanovning kelajagi hozircha noaniq. Agar holat shunday davom etsa, u uchun ijaraga ketish va muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish eng to‘g‘ri qaror bo‘lishi mumkin. Oldimizda Jahon chempionati — u tayyor holatda bo‘lishi shart.