Husanov «Aston Villa»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
Husanov so‘nggi bor 21 sentyabr kuni "Arsenal"ga qarshi o‘yinda (1:1) ishtirok etgan.
ФОТО: Getty images
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola matbuot anjumanida himoyachi Abduqodir Husanov muammosi haqida gapirdi.
O‘zbekistonlik 21 yoshli futbolchi jarohati sabab "shaharliklar"ning so‘nggi oltita o‘yinini o‘tkazib yubordi.
Husanov so‘nggi bor 21 sentyabr kuni "Arsenal"ga qarshi o‘yinda (1:1) ishtirok etgan.
"Menimcha, u allaqachon safga qaytishga yaqin, ammo hali ham tayyor emas — uning tanasining juda, juda xavfli qismida jarohat bor edi," — dedi Gvardiola.
"Manchester Siti" kelasi tur uchrashuvini 26 oktyabr, yakshanba kuni "Aston Villa"ga qarshi maydonga tushadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist