Holand APLda gol urish boʻyicha Suaresning rekordini takrorladi
«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand APLning 17-turi doirasida «Vest Hem»ga qarshi o‘yinda (3:0) bir yil davomida urilgan gollar bo‘yicha Angliya Premyer-ligasi rekordini takrorladi. Uchrashuv Manchester shahridagi «Etihad» stadionida bo‘lib o‘tdi. Norvegiyalik hujumchi mazkur bahsda dubl qayd etdi.
Erling Holand APLning joriy mavsumida urgan gollari sonini 19 taga yetkazdi. Opta Sport xabariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich yil davomida kiritilgan gollar bo‘yicha liga rekordining takrorlanishi hisoblanadi.
Avvalroq bunday natijaga Endi Koul (1993/1994 mavsumi), Kevin Fillips (1999/2000 mavsumi) va Luis Suares (2013/2014 mavsumi) erishgan edi.
Joriy mavsumda Erling Holand «Manchester Siti» safida barcha musobaqalar doirasida 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 28 ta gol va beshta golli uzatma muallifiga aylangan.