Hojiakbar Alijonov \"Persepolis\"ga o‘tishga rozi bo‘ldi
Photo: Pakhtakor PFK
O‘zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" himoyachisi Hojiakbar Alijonov "Persepolis" bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda bartarinha.ir nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi va "Persepolis" kelishuvga erishgan. 28 yoshli himoyachi tez orada Eron sari yo‘l olishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Alijonovning "sherlar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil oxirigacha mo‘ljallangan. U Superliganing birinchi davrasida 13 ta o‘yinda ishtirok etib, 6 bor jamoadoshlari gollariga assistentlik qilgan.
Bahrom Bobonov
Redaktor