Hojiakbar Alijonov Paxtakorning bu mavsumda eng ko'p assist qilgan futbolchisi bo'ldi
Futbolchi barcha rasmiy uchrashuvlarda jami 15 bor bu ishni amalga oshirdi.
photo: Paxtakor FK
Hojiakbar Alijonov 2025 yilda eng ko‘p assist sohibi.
Paxtakor safida Hojiakbar Alijonov yakunlangan mavsumda sheriklariga eng ko‘p golli uzatma bergan futbolchiga aylandi. U barcha rasmiy uchrashuvlarda jami 15 bor bu ishni amalga oshirdi.
"Paxtakor" safidagi ilk mavsumida Bashar Resan ham bu borada yaxshi natijaga erishdi. Iroqlik futbolchi hisobida 13 assist mavjud. Yana bir himoyachi Dilshod Saitov 6 golli uzatma sohibi bo‘ldi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor