Henderson Guardiola bilan yuz bergan mojaro haqida fikr bildirdi
“Kristal Pelas” darvozaboni Din Henderson Angliya Kubogi finalida (1:0) “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Guardiola bilan yuz bergan mojaro haqida fikr bildirdi. O‘yindan so‘ng Guardiola maydonda Hendersonga yaqinlashib, unga e’tiroz bildirgan va futbolchiga qo‘l berishdan bosh tortgan.
“Men shunchaki unga qo‘l bermoqchi bo‘ldim, ammo Pep ochiqchasiga vaqtni cho‘zganim uchun asabiylashdi. Men unga qarata: “Axir, sen 10 daqiqa qo‘shimcha vaqt oldingku”, - dedim.
Ochig‘i, menga nisbatan VAR tekshiruvi bo‘lganini tushunmadim. To‘p jarima maydoni tashqarisida ekanini bilardim, lekin nima uchun tekshirilayotganini tushunmadim. Endi bu muhim ahamiyatga ega emas. Biz kubok sohibimiz”, — dedi Henderson.
Eslatib o‘tamiz, Din Henderson o‘yin vaqtini atayin cho‘zgani uchun sariq kartochka bilan jazolangan edi. Qolaversa, Holandga qo‘pollik ishlatgani bo‘yicha VAR tomonidan tekshirilgan edi.