Henderson — \"Brentford\" futbolchisi
Photo: Getty Images
Jordan Henderson rasman Angliya Premer-ligasiga qaytdi.
35 yoshli yarim himoyachi “Brentford” bilan shartnoma imzoladi.
Qayd etilishicha, Henderson “asalari” bilan 2027 yilning yozigacha bitim tuzdi.
Jordan Angliyadagi faoliyatining katta qismini — 12 yilni “Liverpool”da o‘tkazgan. Shuningdek, u “Sunderland”da va Saudiya Arabistonining “Al-Ittifoq” klubida ham o‘ynagan.
Henderson o‘tgan mavsumda Eredviziyada 28 ta bahsda maydonga tushib, 1 gol va 4 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist