Harri Keyn «Barselona»ga oʻtishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi
Myunxenning «Bavariya» klubi va Angliya milliy jamoasi hujumchisi Harri Keyn uni «Barselona» bilan bog‘layotgan mish-mishlarga izoh berdi.
«Men hech kim bilan aloqa qilmaganman, hech kim menga murojaat qilmagan. O‘z vaziyatimdan juda mamnunman, garchi biz hali «Bavariya» bilan kelajagimni muhokama qilmagan boʻlsak ham. Shoshilinch hech narsa yo‘q. Men Myunxenda juda baxtiyorman — bu o‘yinimdan ham ko‘rinib turibdi.
Agar aloqaga chiqishsa, keyin ko‘ramiz. Lekin hozir yangi mavsum haqida o‘ylamayapman. Oldinda — yozgi Jahon chempionati. Bu mavsumdan keyin ham nimadir o‘zgarishi ehtimolga uncha ega emas», — dedi Keyn.
Maʼlumot uchun, joriy mavsumda Keyn barcha turnirlar doirasida 18 ta o‘yin o‘tkazib, 24 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.