locale OZ

Hansi Flik “Barselona”da Gvardiola erishgan natijaga yeta olmadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hansi Flik “Barselona”da Gvardiola erishgan natijaga yeta olmadi
FOTO: Getty Images

UEFA Chempionlar Ligasi chorak finalining javob o'yinida Kataloniyaning “Barselona” klubi Dortmundning “Borussiya”siga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Shu tariqa, “ko'k-anorranglilar”ning 24 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasiga yakun yasaldi. Katalon grandi oxirgi marta o'tgan yilning 21-dekabr kuni La Liga doirasida “Atletiko”ga mag'lub bo'lgandi.

Jamoa bosh murabbiyi Hans-Diter Flik mag'lubiyat seriyaning davomiyligi bo'yicha “Barselona”ning top-3 murabbiylari qatoriga kira olmadi. Nemis mutaxassisi Frank Raykard bilan 4-o'rinni bo'lishib oldi.

Ma'lumot uchun, seriyaning davomiyligi bo'yicha kuchli uchlikdan Pep Gvardiola (28 ta), Ernesto Valverde (29 ta) va Luis Enrike (39 ta) joy olgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting