locale OZ

Hans-Diter Flik “Liverpul” yulduzining transferini blokladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hans-Diter Flik “Liverpul” yulduzining transferini blokladi
FOTO: Sky Sports

Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Luis Diasning transferiga qarshi chiqdi. Bu haqda El Nacional nashri xabar bermoqda.

Flikning fikricha, klub 28 yoshli futbolchi uchun katta pul sarflamasligi kerak. Nemis murabbiyi uzoq muddatli loyiha uchun yosh futbolchilardan tarkib to'plash niyatida.

Qayd etilishicha, Flik hozirda bor e'tiborini “Atletik” vingeri Niko Uilyamsga qaratgan. Ispaniyalik futbolchi endigina 22 yoshga to'lgan va u “Barselona” murabbiyiga juda yoqadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting