locale OZ

Hakim Fuzaylov: «Kurash hali to'xtagani yo'q»

"Xorazm" ustozining "Mash'al"ga qarshi o'yindan so'ng bildirgan fikrlari.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hakim Fuzaylov: «Kurash hali to'xtagani yo'q»
Фото: Андижон ПФК

Superliga 25-turidan o‘rin olgan "Mash'al" - "Xorazm" (0:3) uchrashuvidan so‘ng "Xorazm" bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘yin haqida fikringiz?

- Avvalo futbolchilarimizga katta rahmat. Bugun maydonga tushgan har bir futbolchi bor kuchini berdi, g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq aniq sezilib turdi. Natijada yirik hisobda g‘alaba qozondik. Lekin kurash hali to‘xtagani yo‘q, oldimizda yanada muhim bahslar kutmoqda.

- Futbolchilarni almashtirish borasida fikringiz?

- Bunga majbur edik, chunki kimdir charchab qoldi, kimdir kichik jarohat oldi. Besh kundan so‘ng yana o‘yin o‘tkazamiz, hammaning sog‘lig‘i haqida o‘ylashimiz kerak. Bu vaziyatda tezroq tiklanib olish muhim bo‘ladi.

- Sizningcha, "Xorazm" xavfli hududni tark etdimi?

- Yo‘q hali. Biz hamon qiyin vaziyatdamiz. O‘yinlar tobora kamayib bormoqda, kurashmasak bo‘lmaydi. Bugun olti ochkolik o‘yinni o‘tkazdik. Agar yutqazib qo‘yganimizda juda og‘ir vaziyatga tushib qolgan bo‘lardik. Superligada qolish uchun astoydil kurash ketmoqda, biz ham harakatda davom etamiz.

- Xuddi birinchi davradagidek bugun ham jamoangiz "Mash'al"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Shu haqda fikringiz?

- Har ikki davrada "Mash'al"ni mag‘lub etgan bo‘lsak-da, bu oson bo‘lib qolgani yo‘q. Ikkala uchrashuv ham juda qiyin o‘tdi. Kim birinchi gol urdi, ustunlik o‘sha jamoaga o‘tdi. Yana bir bor shogirdlarimga g‘alaba uchun rahmat.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting