locale OZ

Gyokeresh nega MYU taklifini rad etgani ma'lum bo'ldi

Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Gyokeresh nega MYU taklifini rad etgani ma'lum bo'ldi
FOTO: Getty Images

Portugaliyaning “Sporting” klubi hujumchisi Viktor Gyokeresh nega “Manchester Yunayted” taklifini rad etgani ma'lum bo'ldi. Bu haqda Record nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “qizil iblislar” “Sporting”ga futbolchining transferi uchun munosib mablag' taklif qila olmagan, shuningdek, futbolchining o'zini nima uchun mankunianliklar safiga o'tishi kerakligiga ishontira olmagan.

Qayd etilishicha, shvetsiyalik forvard “Arsenal”ga o'tishni afzal ko'rmoqda. Portugaliya klubi Gyokereshni 80 million yevro evaziga qo'yib yuborishni rejalashtirmoqda. Ammo MYU 27 yoshli hujumchi uchun bunday narx to'lamoqchi emas.

Ma'lumot uchun, Gyokeresh o'tgan mavsum barcha turnirlarda 52 ta o'yinda maydonga tushib, 54 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 75 million yevroga baholanmoqda.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting